Autoinfeksiya („auto“ va infeksiya) — organizmdagi mavjud mikroorganizmlar taʼsirida kasallik paydo boʻlishi. Odam organizmida normal sharoitda kasallik qoʻzgʻatmaydigan va shartli patogen mikroblar deb ataladigan turli mikroorganizmlar uchraydi. Masalan, ichak bakteriyalarining infeksiyalari kabi. Ular bir vaqtning oʻzida organizm uchun foydali florani tashkil qilgan mikroorganizmlarga ham tasir qilishi mumkin. Qulay sharoit kelganida (organizmning himoya kuchlari kamayganda) ana shu mikroorganizmlar jonlanib, kasallik paydo qiladi. Antibiotiklarni bemavrid va betartib qoʻllash oqibatida ham autoinfeksiya rivojlanishi kuzatiladi. Bu oʻz-oʻziga hujum qiladigan imun hujayralar kabi ishlaydi. Autoinfeksiyani odamning terisi va shilliq qavatlarida yashaydigan stafilokokk, ichak tayoqchasi va turli zamburugʻlar qoʻzgʻatadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil.

Yana qarang

Infeksiya

Manbalar

Turkum:Davolanish