Baraban — urma cholgʻu asbobi. Sadolari muayyan baland-pastlikka ega emas. Gardishi metall yoki yogʻochdan yasaladi. Bir yoki har ikki tomoniga teri qoplanadi. Baraban ikki xil boʻladi: kichik baraban va katta baraban.
Koʻrinishlari Kichik baraban
Kichik baraban, tirillama-rez tovush hosil qilish uchun bir tomonidagi teri tagidan 2-3 (konsert barabanda — 4-10) tor tortiladi. Yumaloq uchli ikkita choʻp bilan chalinadi.
Katta baraban
Katta baraban, tovushi gumburlaydi, yoʻgʻon, ya’ni past boʻladi. Uchiga yumaloq kigiz qoplangan choʻptayoqcha bilan chalinadi. Barabanlardan simfonik va puflama sozlar orkestrlarida, shuningdek jaz va estrada ansambllarida foydalaniladi. Oʻzbekistonda, ayniqsa, Fargʻona vodiysida dor oʻyinlari, turli tomoshalar hamda tantanali marosimlarda qatnashadigan surnay, karnay va nogʻoradan iborat an’anaviy ansambl tarkibidagi koʻs hamda qoʻsh nogʻora oʻrniga koʻproq XX asr boshidan katta va kichik barabanlar ishlatiladi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Urma asboblar