Belfast — Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniyaning yirik shahri. Belfast-Lox qoʻltigʻidagi katta port. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 304 ming kishi (1986). B. kanal va temir yoʻl orqali ichki rayonlar bilan bogʻlangan. Sanoatining asosiy tarmoqlari: kemasozlik (yirik harbiy va yoʻlovchilar tashuvchi kemalar). elektrotexnika, mashinasozlik (asosan kema va toʻqimachilik sanoati uchun mashinalar), samolyotsozlik, jun gazlama, gilam, sunʼiy tola ishlab chiqarish va boshqa Universitet (1845-yildan), texnologiya kolleji, rasmlar galereyasi bor. Shahar XII asrdan maʼlum. Irlandiya boʻlib yuborilgach (1921), Shim. Irlandiyadagi liniy ixtiloflar natijasida yuzaga kelgan mojarolar markazlaridan biri boʻlib kelmoqda.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Buyuk Britaniyaning poytaxt shaharlari Turkum:Shimoliy Irlandiyadagi shaharlar Turkum:Shimoliy Irlandiya tumanlari, 1972-201 Turkum:Shimoliy Irlandiya tumanlari, 2015-yildan hozirgi kungacha Turkum:Buyuk Britaniyadagi aholi yashaydigan qirg‘oq bo‘yi joylari Turkum:Shimoliy Irlandiyadagi port shaharlari va shaharchalari Turkum:Irlandiya dengizining port shaharlari