Fyodor Aleksandrovich Bredixin (1831.26.11, Nikolayev 1904-yil, 5-yanvar, Peterburg) – rus astronomi, Peterburg Fanlar akademiyasi akademik (1890). Rossiya Bosh astronomik rasadxonasi (Pulkovo) direktori (1890—95). Astronomiyaning barcha boʻlimlariga oid ilmiy ishlarni bajargan va kuzatuvlar olib borgan. Protuberansspektrograf yordamida Quyosh xromosferasini tekshirdi, Quyosh dogʻlari va mashʼallarini suratga oldi. Bredixin kometalarini tekshirishga oid ishlari bilan mashhur. Rossiya Fanlar akademiyasi prezidiumi astronomiya sohasidagi yirik ishlarni taqdirlash uchun Bredixin nomidagi mukofotni taʼsis etdi (1946). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik V. P. Shcheglov Bredixin mukofoti sovrindori.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tashqi havolalar

Nekroloq AN 165 (1904) 351/352 (nemis tilida) Nekroloq MNRAS 65 (1905) 348

Turkum:1831-yilda tugʻilganlar Turkum:1904-yilda vafot etganlar Turkum:Astronomiya Turkum:Astronomlar