Buffalo — AQShning shimoli-sharqidagi shahar. Nyu-York shtatida. Eri koʻli boʻyidagi muhim port. Yirik transport yoʻllari tuguni, xalqaro aeroport bor. Aholisi shahar atrofi bilan 1,2 mln. kishi (1990- yillar oʻrtalari). AQSH va Kanada orasidagi savdo munosabatlari Buffalo orqali amalga oshiriladi. Buffalo mamlakatning yirik sanoat va savdomoliya markazi. Buffalo sanoatining asosiy tarmoqlari: qora metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik, kimyo va oziq-ovqat sanoati. Oliy oʻquv yurtlari, jumladan universitet (1846-yildan), Tabiiy fanlar jamiyati muzeyi, yadro tadqiqotlari markazi, OlbraytNoks badiiy galereyasi, shahar yaqinida Niagara daryosiga qurilgan GES bor. Buffaloga XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida asos solingan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Nyu-York shaharlari