William Bateson, () (1861-yil 8-avgust, Whitby – 1926-yil 8-fevral, Merton)„William Bate son“. Encyclopædia Britannica. – ingliz biologi, genetika asoschilaridan biri. „Genetika“ atamasini ham Bateson taklif etgan (1907). Cambridge universiteti professori (1908–1910). Ilmiy ishlari chogʻishtirma anatomiya va irsiyat masalalariga oid. „Borliq – yoʻqlik“ nazariyasini ilgari surgan (1905). Bu nazariyada u organizmlarda ularning rivojlanishini tormozlab qoʻyadigan omillar yoʻqolishi bilan yangi belgilar paydo boʻlishini tushuntirib berishga harakat qilgan. 1910-yilda Angliya genetik jurnalini tashkil etgan.
Manbalar
Adabiyotlar Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Turkum:1861-yilda tugʻilganlar Turkum:1926-yilda vafot etganlar Turkum:Ateistlar Turkum:Biolog olimlar