Boʻzsuv — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi shaharcha (1974-yildan). Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Yangiyoʻl (23 km). Aholisi 4,7 ming kishini tashkil etadi (1999). Boʻzsuvda umumiy taʼlim maktablari, bogʻchalar, kinoteatr, kasalxona, dorixona, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari bor.
Manbalar
Turkum:Yangiyoʻl tumani shaharchalari