Abulbaqo ibn Bahouddin (XVI 1-yarmi, XVII asr 1-choragi) — tarixchi. Xoja Ahmad ibn Jaloluddin Kosoniy (Maxdumi aʼzam)ning nabirasi boʻlib, Abdulazizxon (1540-1549-yillar) saroyida kichik davlat lavozimi (hukmgir)da turgan. U bobosiga atab „Jomeʼ ul-maqomoti Maxdumi aʼzam“ („Maxdumi aʼzam maqomotining majmui“) kitobini yozgan (1617-yil). Bu asarda Maxdumi aʼzamning hayotiga oid maʼlumotlardan tashqari, Movarounnahrning XVI asr birinchi yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli hamda shayboniylar bilan Eron oʻrtasidagi munosabatlarga oid qimmatli maʼlumotlar bor.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil