Agesilay II (miloddan avvalgi, taxminan 442-358) – Sparta podshosi (401-yildan), sarkarda va diplomat. 396-394 yillarda Kichik Osiyo yarim orolida forslar ustidan bir necha marta gʻalaba qozondi. Antalkid sulhidan (387 yoki 386) keyin bir muncha muddat Spartaning Yunonistondagi hukmronligi tiklandi. 149-360 yillarda Misrda boʻlib o'tgan forslar bilan urushda misrliklarga yordam berdi. Misrdan vataniga qaytishda yoʻlda vafot etgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Hukmdorlar