Odashxon Turgʻunovna Alqosimova (1957-yil, 19-fevral, Andijon tumani) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Andijon tillar pedagogika institutining chet tillar fakultetini tugatgan (1979). 1979-yildan Qorasuv shahridagi 2-maktabda, keyinchalik 6-maktabda ingliz tili oʻqituvchisi. Alqosimova harakati bilan maktabdagi ingliz tili kabineti hozirgi zamon talabi darajasida jihozlangan. U oʻquvchilarning faolligini oshirish maqsadida turli mavzularda ingliz tilida noan’naviy darslar olib boradi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1957-yilda tugʻilganlar Turkum:19-fevralda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari