Ismoil Anvar, boshqa manbalarda Anvar posho avval Anvarbey (, ); (1881.22.11, Istanbul — 1922.4.8, Baljuvon) — usmoniylar harbiy va siyosiy arbobi. Birinchi jahon urushi davrida Usmoniylar imperiyasining harbiy vaziri. Zamonaviy Turkiya respublikasi tuzilishida ishtirok etgan harbiy qoʻmondonlardan biri. Turkiston istiqlolchilik harakatining yoʻlboshchilaridan biri. 1908-yilgi Yosh turklar inqilobining faol ishtirokchisi, Turkiya, O’zbekiston va Turkiston faxriysi.

Faoliyati haqida qisqacha 1909-11 yillarda Berlinda harbiy attashe. Turkiya, Makedoniya, Kavkaz, Germaniya, Rossiya, Turkistondagi siyosiy jarayonlarda qatnashgan. 1908-yil Turkiyada davlat toʻntarishiga rahbarlik qilib, Sulton Abdulhamid II hokimiyatiga chek qoʻydi, Turkiyaning chet davlatlar tomonidan boʻlib tashlanishiga barham berdi. 1913-yil yanvarda „Hurriyat va ittihod“ partiyasini hukumatdan chetlatdi. Tal’at posho hamda Jamol posho bilan birga norasmiy uchlik tuzdi, butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi. Turkiyaning Germaniya bilan harbiy ittifoq tuzishi va Birinchi jahon urushiga qoʻshilishi tashabbuskori boʻldi, bosh qoʻmondon — sultonning noibi sifatida urushda turk qoʻshinlariga qoʻmondonlik qildi. Turkiya urushda yengilgach, Anvar posho avval Germaniya, Rossiyaga va nihoyat 1921-yil kuzida Buxoroga keldi va Turkiston istiqlolchilari tarafiga oʻtganini eʼlon etdi. Bolsheviklarga qarshi kurashga qoʻshildi;

Yoshlik yillari thumb|160px|left|Anvar posho Italyan-turk urushi davrida 1911—1912-yillar Ismoil Anvar 1881-yilning 22-noyabrida Istanbulda temir yoʻl ishchisi Xoji Ahmadbey va Oysha Diloro oilasida tugʻilgan. Etnik jihatdan otasi turk, onasi alban (buvisi cherkeshen qavmidan) . Otasi jamoat ishlari idorasida faoliyat yuritgan Anvardan tashqari oilada yana uch farzand bor edi; Nuri, u harbiy boʻlgan, Komil va singlisi. Boshlangʻich va oʻrta maktabni bitirgandan soʻng Monastir shahridagi harbiy litseyga oʻqishga qabul qilinadi. Leytenant lavozimi bilan litseyni bitiradiВдовиченко Д. И. Энвер-паша // Вопросы истории. 1997. № 8. С. 43.. Harbiy bilimini Harbiy akademiyaning Bosh shtabida davom ettiradi, 1903-yilda u yerni kapitan lavozimi bilan bitiradi. 1906-yil mayorlik lavozimidagi Anvar „Birlik va taraqqiyot“ partiyasi bilan bogʻliq boʻlgan „Vatan va hurriyat“ maxfiy jamiyati bilan aloqa oʻrnatadi. 1908-yil iyunida rus imperatori Nikolay II va ingliz qiroli Eduard VII oʻrtasida Ravelda imzolangan Makedoniyani isloh qilish toʻgʻrisidagi kelishuv usmoniy ofitserlar qulogʻiga yetib boradi. U ofitserlarni sergaklikka chorlaydi, chunki Makedoniyada turgan usmoniy harbiylari buni Usmoniylar imperiyasining boʻlinishi sifatida qabul qilishadi. Oʻsha yilning 3-iyulida Makedoniyaning Rasen shahrida mayor Ahmad Niyozibey boshchiligida gʻalayon koʻtailadi. 6-iyulda gʻalayonga Anvar ham qoʻshiladi. Bir necha kun ichida Anvarning qoʻshinlari soni bir necha ming kishiga yetadi. 1908-yilning 10-iyulida mitingda, toʻplardan uch karra oʻq uzilib, Anvar Usmoniylar imperiyasi konstitutsiyasi tiklanganini eʼlon qiladiВдовиченко Д. И. Энвер-паша // Вопросы истории. 1997. № 8. С. 44.. Shundan soʻng musulmonlar va nasroniylar oʻrtasida inoqlik kuchaya boradi. Anvarning ildam harakatlari va gʻalabasi unga xalq ichida mashhurlikni olib keladi. Unga Ozodlik qahramoni deya nisbat berishadi, hattoki uni Napoleon I bilan tenglashtira boshlashadi. Inqilob nashidasi va toʻsatdan kelgan kelgan mashhurlik Anvarda oʻzining „alohida taqdirli“ va „xudo yarlaqagan“ inson ekanligiga ishonchini oshiradi. Inqilobdagi gʻalaba va 1876-yilgi konstitutsiyaning tiklanishidan soʻng Anvar diplomatik missiya bilan Berlinga joʻnaydi. 1909-yil Anvar Berlindagi harbiy attashe lavozimiga tayinlanadi va u yerda ikki yil qolib ketadi. Germaniyada oʻtgan ikki yil davomida Anvar ashaddiy nemisparastga aylanadi. Ayniqsa uni nemis armiyasi, undagi qatʼiy intizom, harbiy tayyorgarlik va zamonaviy qurollanish oʻziga mahliyo qiladi. 1911-1912-yillardagi Italyan-turk urushida Usmoniylar imperiyasining magʻlubiyati xalq orasida yoshturklarning obroʻsi tushishiga sabab boʻladi. 1912-yil mamlakatda „Hurriyat va ittihod“ partiyasi ishtirokida davlat toʻntarishi boʻlib oʻtadi. Partiya aʼzolari hukumat tepasiga chiqqach asosiy oʻrinda yoshturklar boʻlgan parlament tarqatib yuboriladiИстория Востока: в 6 т. — М.: Восточная литература, 2005. Т. 4. Кн. 2. С. 328..

Mamlakat boshqaruviga chiqishi Yoshturklar hokimiyati thumb|right|1913-yil Usmoniylar imperiyasidagi davlat toʻntarishidan soʻng Anvar posho chet ellik vakillarni kutib olmoqda 1913-yil yanvarida Anvar davlat toʻntarishini amalga oshiradi, oqibatda Komil posho hukumati tanazzulga yuz tutadi. Isyondagi gʻalabadan keyin Tal’at posho va Jamol posho bilan birga „uch posho“ harbiy diktaturasiga asos soldi, bu bashirkat uchlik amalda Turkiyadagi butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi. Harbiy vazir lavozimini egallagan Anvar panturkchilik va panislomchilik gʻoyalarini ilgari surdi. Usmonli turk imperiyasidagi nasroniylarni (asosan armanlar va livanlikar) mamlakatdan siqib chiqarish tarafdori boʻladi. 1914-yil Anvar Turkiyaning Germaniya bilan harbiy ittifoq tuzishi va Birinchi jahon urushida ishtirok etishi tarafdori boʻldi. Urush davrida u Oliy bosh qoʻmondon oʻrinbosari lavozimini egalladi (Oliy bosh qoʻmondon sulton hisoblanardi).

Birinchi jahon urushi 1914-1917-yillarda Anvar posho, Tal’at posho, Nozimbey va Axmed Agayevlar „Turon yoʻli“ nomli panturkchilik siyosiy harakatini boshlashadi. Bu harakatning asosiy maqsadi — Kavkaz, Eron, Qrim, Volgaboʻyi va Turkistonda yashovchi turkiy xalqlarni Rossiya va Erondan ajratib olib, yagona „Turon“ mamlakatiga asos solish ediГасанова Э. Ю., «Идеология буржуазного национализма в Турции» // Баку, изд. АН АзССР, 1966 г.; Козубский К. Э., «Под копытом» // Общеказачья газета «Станица», Москва, № 2(26), декабрь 1998 г.. Bu maqsadning amalga oshirilishiga toʻgʻanoq boʻlganlardan biri arman xalqi boʻldi.

Harbiy vazir Sariqamish jangi Usmoniylar imperiyasi hududidagi genotsidlar Birinchi jahon urushi davridagi Usmoniylar imperiyasi tomonidan amalga oshirilgan arman, yunon va ossuriylarga qarshi boshlangan jangni tashkilotchilari Anvar posho, Talʼat posho va Jamol posholar edilar.Chunki armanlar turklarga qarshi koʻp genotsid qilgan xalqdir. Shu jumladan Turkistonda Fargʻonada Uzbeklarni qirganlar ham, dashnoq armanlaridir

Germaniyadagi qochqinlik thumb|right|Anvar posho va Vilgelm II 1917-yil 1918-yil Turkiya Mudross bitimini imzolaganidan soʻng, Anvar posho, Tal’at posho va Jamol posho suvosti kemasida Germaniyaga qochishga majbur boʻlishadi. U yerda Anvar posho oʻziga Alibey tahallusini tanlaydi. Turkiyada harbiy tribunal Anvarni qatl etishga hukm chiqaradi. 1919-yil Germaniyada Anvar posho Shoʻro Rossiyasi vakili Karl Redekov bilan uchrashadi. Anvar poshoning bundan maqsadi bolsheviklar bilan yaqin aloqa oʻrnatish va bu orqali Oʻrta Osiyoda Buyuk Britaniyaga qarshi kurash kampaniyasini eʼlon qilish uchun foydalanish edi.

Moskvadagi faoliyati 1920-yil boshlarida Anvar posho oʻz maslakdoshlari bilan Moskvaga boradi. U paytda bolsheviklar Mustafo Kamol boshchiligidagi Milliy partiya bilan ham Anvar posho boshchiligidagi Yoshlar partiyalari bilan ham yaxshi aloqada edilar. Anvar Moskvada bir yarim yil ishlab, Inqilob va Islom Birligi Jamiyatida faoliyat yuritadi. Unga Buyuk Millat majlisining 1921-yil 12-martdagi qarori bilan Turkiyaga kirish taqiqlab qoʻyilgan edi. Shoʻro Rossiyasi IIBJdan foydalanib, Oʻrta Osiyo va Kavkazda oʻz manfaatlarini himoya qilishni oʻylasa, Anvar posho uchun bu u yerdagi inglizga qarshi kurashish imkoniyatini berardi. Ahmad Jamol posho oʻz zimmasiga Turkistonning istiqlolchi kuchlarini inglizlarga qarshi harbiy operatsiyalarga yoʻnaltirish maqsadida bir qancha turk ofitserlari bilan Toshkentga yetib keladi. U yerda shoʻro hukumati nomidan ish koʻradi ammo bu operatsiyadan ish chiqmagach, u yana Moskvaga qaytishga majbur boʻladi. Bu davrda Anvar posho oz vaqtga Germaniyaga ketadi, keyinchalik RSFSR uni Bokuda tashkil etilgan Sharq Xalqlari Konferensiyasiga taklif etadi. Uning ishtirokini Turkiya va ayrim Ozarbayjon vakillari tomonidan qarshiliklarga uchraydi. Uning islom va bolshevizmning birlashish gʻoyasi bilan chiqishi musulmon boʻlmagan ishtirokchilarga ham yoqmaydi. 1921-yil 30-iyul konferensiyadan soʻng Anvar posho yaqinlarini koʻrish uchun Botumiga boradi. Botumidalik vaqtida u oʻzining siyosiy raqibi Kamol Otaturk bilan kuchlarini birlashtirish va vatan himoyasi yoʻlida turib, yunonlarga qarshi kurashish yoʻlini tanlaydi. Bu kurashdagi Turkiyaning gʻalabasi Mustafo Kamolning hukumatni toʻliq qoʻlga olishi uchun juda qulay keladi, rasmiy Moskva ham butunicha uni qoʻllab-quvvatlaydi. Chicherinning fikricha panturkchilik gʻoyalari Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga qarshi kurashish uchun qoʻl keladi va Anvar posho 1921-yil noyabrida u yerga yuboriladi. Buxoro Anvar posho Turkistondagi ahvol haqida asosan Botumi konferensiyasi paytida eshitgan maʼlumotlarnigina bilardi. „Turon yoʻli“ loyihasining faol ishtirokchisi Hoji Sami unga: „1916-yil oddiy va kamtarin turk butun Qirgʻizistonni ruslarga qarshi oyoqqa turgʻazdi. Sen esa mashhurliging bilan Turkistonliklarni shaksiz ergashtira olasan“, deydiZeki Velidi Togan. «Hatıralar: Türkistan ve Diğer Müslüman Doğu Türkleri’nin Milli Varlık ve Kültür Mücadeleleri» Istanbul, 1969. Стр. 390.. Bu davrda Anvar posho shoʻrolar hukumatining oʻziga nisbatan eʼtiborini biroz soʻndirganini sezardi. Afgʻonistondan qaytgan Jamol poshoga Anvar poshoni koʻrish uchun Buxoroga kelishni taqiqlash bu sezgini yanada kuchaytirib yubordi. Yurenyov Anvar poshoga uning rejalarini bilishini aytadi, Anvar posho bolsheviklar uni oʻdirib yuborishlaridan choʻchiydi. 1921-yil shoʻro hukumati Anvar poshoni Buxoroga yuborishidan maqsadi — Anvar posho Buxoro tuprogʻida Shoʻro Rossiyasi manfaatlarini himoya qilishi, istiqlolchilar harakatidan amirga qarshi kurashda foydalanish edi. BXSR hukumati bilan soʻzlashuvlar va kelishuvga binoan Anvar posho BXSRning mustaqilligini tan olish va Qizil armiya qoʻshinlarini Buxoro hududlaridan olib chiqish toʻgʻrisiga Moskvaga xat yozadi. Bu vaqtga kelib, Anvar posho istiqlolchilar tarafiga oʻtish haqida rejalar tuza boshlaydi va Turkiston Milliy kengashi raisi Ahmad Zakiy Validiy bilan maxfiy uchrashuvlar oʻtkaza boshlaydi. Validiy uni bolsheviklar bilan ochiq kelishmovchiliklarga bormaslik haqida ogohlantiradi. Oʻrta Osiyoga kelishining 23-kunida Anvar posho shahar tashqarisiga chiqadi va istiqlolchilarga taslim boʻladi. U yerdan Afgʻonistonga, sobiq amirga xat yoʻllab, uning tomonida jang qilmoqchiligini bildiradi. Bu bilan bir vaqtda amirning noibi, istiqlolchilar sardori Ibrohimbek bilan ham uchrashuv belgilaydi. Lekin istiqlolchilar Anvar poshoni hamkor sifatida kutib olishmaydi, uni va odamlarini qurolsizlantirib, uch oy davomida asirlikda saqlaydilar. Ibrohimbek sobiq amirdan sobiq turk sultonining kuyovini qoʻllab-quvvatlash haqidagi buyrugʻini olgandan keyingina Anvar poshoni ozod qiladi.

Istiqlolchilik harakatining yoʻlboshchisi 1921-yil oktabr oxirlarida BXSR hududidagi Qizil armiya qoʻshinlarining soni joylashgan oʻrni haqida maʼlumotga ega boʻlgan Anvar posho Oʻrta Osiyoni bolsheviklardan ozod qilish rejalarini amalda boshlab yuboradi. Istiqlolchilar otryadlarini bolsheviklarga qarshi kurash uchun birlashtirish ishlariga kirishadi. Unga bu ishlarda Toshkent muftiysi Sadriddinxoʻja Sharifxoʻjayev tomonidan tuzilgan maxfiy aksilshoʻro Milliy birlik qoʻmitasi ham koʻmaklashadi. Anvar posho bir necha turk ofitserlari bilan sharqiy Buxoro boʻylab istiqlolchi guruhlarni bir qoʻshinga birlashtirishda davom etadi. Sobiq Buxoro amiri Sayyid Olimxon uni Buxoro, Xiva va Turkistonning bir qismidagi barcha istiqlolchilarning bosh qoʻmondoni sifatida tan oladi.