Andaman dengizi (, , , , ) — Hind okeanining shimoli-sharqiy qismida, Hindixitoy yarim orol sohillariga tutashgan dengiz. Ochiq okeandan Andaman va Nikobar orollari ajratib turadi. Maydoni 600 ming km²dan ortiq. Eng chuqur joyi 4507 m. Oqimlar yoʻnalishi musson sha-mollariga qarab oʻzgarib turadi. Suv yuzasidagi temperatura may oyida 29°, fevralda 26 — 28°. Shoʻrligi shimolida 20‰ dan, janubida 33‰ gacha. Bir yilda 3000 mmdan ortiq yogʻin yogʻadi. Eng yirik portlari — Yangon (Myanma), Jorjtaun (Malayziya).
Galereya center|thumb|874x874px
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Dengizlar