Arharshair (Schrenkia golickeana) — ziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 10-55 sm. Ildizi bir boshchali, silindrsimon. Barglari murakkab patsimon. Guli oq. Soyabon guli 15-20 soyabonchadan iborat. Undagi gullari 15-20 ta. Arharshair aprel-may oylarida gullaydi, mevasi dumaloq, diametri 4 mm, may-iyun oylarida yetiladi. Arharshair faqat Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Toshkent va Samarqand viloyatlarining adir va togʻlarida turli ekologik sharoitda oʻsadi. Arharshairning quritib yanchilgan ildizi xalq tabobatida yaralarni davolashda qoʻllanadi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Ziradoshlar