Asyut – MAR janubidagi shahar, Nil daryosining chap sohilidagi port, temir yoʻl stansiyasi; Asyut muhofazasi ma’muriy markazi. Aholisi 290 ming kishidan ortiq. Mamlakatning savdo-transport markazlaridan. Koʻn poyabzal, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Gilam toʻqiladi. Universitet bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Asyut yaqinida katta toʻgʻon qurilgan.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Misr shaharlari Turkum:Qadimgi Misr shaharlari