Atelektaz (yun. ateles – yetilmagan, notoʻliq va ektasis – choʻzilish) – oʻpka pufakchalari (alveolalari), segmentlar va boshqalarning havosizlanishi yoki deyarli havo qolmasligi natijasida burishishi (puchqayishi). Atelektaz bronxlar teshigining har xil narsalar (nekroz natijasida koʻchib tushgan epiteliylar va hokazo) bilan tiqilib qolishi yoki bronxlarning tashqi tomondan siqilishi (plevrada transsudat yoki ekssudat yigʻilganda, oʻsmalarda) oqibatida roʻy beradi. Bulardan tashqari, tugʻma Atelektaz ham boʻladi – nafas olmaslik na-tijasida chaqaloq oʻpkasining yozilmay qolgan qismi. Davosi: kasallikning asosiy sababi bartaraf kilinadi; bola tugʻilayotgandaasfiksiyaning oldini olish chorasi koʻriladi; bronxga kirib qolgan yot jismlar olib tashlanadi; oʻsma, bronxoadenit va boshqa kasalliklar davolanadi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Tibbiyot Turkum:Terapiya Turkum:Pulmonologiya Turkum:Kasalliklar Turkum:ichki kasalliklar