Vazn toifalari — oʻzbek milliy kurashi, yunon-rim kurashi, erkin kurash, boks va ogʻir atletikada sportchilarning vazniga qarab guruhlarga boʻlinishi. Sportda musobaqa qatnashchilariga teng imkoniyat yaratib berish uchun ular toifalarga ajratiladi. Mas., boksda — kichik yoshdagi (15—16 yoshli) oʻsmirlar — 15 ta, oʻspirinlar (17—18 yoshli) — 12 ta, kattalar — 10 ta; kurashda — 8 ta, ogʻir atletikada — 9 ta vazn toifasiga boʻlinadilar. Kurash va boksda oʻsmir va oʻspirinlarni mashgʻulot va musobaqalarga qoʻyish chogʻida ularning vazni bilan birga yoshi ham hisobga olinadi. Yana q. Boks, kurash, ogʻir atletika.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil