Volxov () — RF Yevropa qismining shim.-gʻarbidagi daryo. Ilmen koʻlidan boshlanib, Ladoga koʻliga quyiladi. Uzunligi 224 km. Havzasining mayd. 80,2 ming km. Quyi qismida Volxov GES bor. noyabr oxirlarida muzlab, aprel boshlarida muzdan boʻshaydi. V .da boshidan oxirigacha kema qatnaydi. V. Vishniy Volochyok suv sistemasiga kiradi. Asosiy pristanlari: Novgorod, Volxov, Kirishi, Novaya Ladoga.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Rossiyadagi daryolar