Bjørnstjerne Bjørnson (1832-yil, 12-avgust, Kvikne — 1910. 26.4, Parij) — norveg yozuvchisi, jamoat va teatr arbobi. Norveg milliy dramaturgiyasi va adabiy tanqidchiligi asoschisi. Bergendagi Norveg teatri (1857—58) va Kristianiya teatri (1865—67)ga rahbarlik qilgan. Tarixiy-ijtimoiy dramalar ("Janglar orasida", 1858; "Yovuz Sigurd", 1862; "Mariya Styuart, Shotlandiya qirolichasi", 1864; "Irodamizdan tashqari", 1883—95), povest ("Syunneve Sulbakken", 1857; "Baliqchi ayol", 1868 va boshqalar), sheʼrlar, shu jumladan Norvegiya gimni muallifi. Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1903)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:1832-yilda tugʻilganlar Turkum:8-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1910-yilda vafot etganlar Turkum:26-aprelda vafot etganlar