Gazli zilzilasi (zilzilalari) — Yer kurrasidagi kuchli zilzilalardan biri. 1976-yil 8-aprel zilzilasi Buxoro shahrining shimoliy gʻarbida 1976-yil 8-aprelda mahalliy vaqt bilan soat 7 dan 41 min. oʻtganda boʻlgan. Zilzila magnitudasi Rixter shkalasi boʻyicha M—7,0. Epi-sentrda kuchi 8—9 ball boʻlgan. Epitsentr yaqiniga joylashgan Gazli shahri qattiq shikastlangan. Qurbonlar yoʻq, shahar butunlay vayron boʻlgan, ammo oʻsha paytdagi rasmiylar bu ofat oqibatlarini yashirishga harakat qilishgan. Oʻsha paytda Gazlida 13 ming kishi istiqomat qilgan. Gazli gaz koni dunyodagi eng katta konlardan deb hisoblangan. Bu vaqtga kelib, shaharcha asosan ikki yoki uch qavatli binolardan iborat boʻlib, faqat bir nechta toʻrt qavatli binolar mavjud edi. Zilziladan soʻng binolar qisman vayron boʻlgan va ularda yashash xavfli boʻlgan. Odamlar oʻz uylari yonidagi chodirlarga koʻchirilganCliff Frohlich, Scott D. Davis: Texas earthquakes. University of Texas Press, 2003. — 75 s. — ISBN 0292725515, bolalar esa Buxoroga olib ketilgan. Ertasi kuni Gazli shahriga kelgan Sharof Rashidov shaharni tezda tiklashni buyurgan. Katta vayronagarchilikka Gazlidagi uylarning seysmikligini hisobga olmasdan qurilganligi sabab boʻlgan, chunki choʻl zonasida kuchli zilzilalar boʻlishi mumkin emas, deb hisoblangan.

1976-yil 17-may zilzilasi Birinchi zilziladan 40 kun oʻtib, Gazlida restavratsiya ishlari olib borilayotgan paytda yer silkinishlari yana boshlandi. Hammasi qanday sodir boʻlganini yaʼni voqealarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan guvoh, Seysmologiya instituti xodimi Obidjon Joʻrayev shunday hikoya qiladi:

17-may kuni takrorlangan zilzila Gazli shahrini vayronaga aylantirdi. Zilzila magnitudasi energiyasi M—7,3, kuchi 9 balldan oshdi. Har ikkala tebranishning markazi yer yuzasidan 20 va 25 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila oʻchogʻining uzunligi 60 km, kengligi 20 km. Ketma-ket boʻlgan tebranishlar kuchi Buxoro, Romitanda 7 ball, Kogon, Zarafshon, Tomdibuloq, Qorakoʻl, Chorjoʻyda 6 ball, Navoiy, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand, Jizzax hamda Xiva, Beruniy, Urganchda 5 ball, Toshkent, Olmaliq, Angren, Denov, Termizda 4 ball, Nukus, Andijon, Fargʻonada 3 ballga yetdi.

Gazli zilzilasi epitsentri Gazli shahridan 20 km shimolidagi Qoraqir etaklarida boʻlgan. Bu joyda yer qaʼridan Janubiy Tyanshan seysmogen yer yoriqlari zonasi oʻtgan. Zamonaviy tektonik harakatlarning kuchayishi natijasida seysmogen siniqlar boʻyicha janubiy sharqdan shimoliy-gʻarb tomonga keskin siljishlar Gazli zilzilasiga sabab boʻlgan. Zilziladan keyin tuzilgan seysmik rayonlashtirish xaritasida Gazli atroflarida zilzilaning kuchi 9 balldan ortiq boʻlgan.

Mahalliy kuzatuvchilarga maʼlumotlariga koʻra, zilzila paytida nobud boʻlgan chumchuqlar topilgan. Zilziladan 2-3 kun oldin it va mushuklar qishloqni tark eta boshlagan va epitsentrdan qarama-qarshi tomonga ketgan. Oʻshanda hech kim bu hodisaga eʼtibor bermagan. Itlar xuddi qoʻy podasi singari galalashib qochishgan. Hatto bir choʻpon eshagi aytganini qilmay yurmay qoʻygani va yerga choʻzilib yotib olgani, uni yurishga undayotgan mahalida zilzila boshlanib ketganini aytadi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, zilziladan avval barcha qaldirgʻochlar Gazlidan uchib, Buxoroda bir muddat oʻrnashib qolgan. Uy hayvonlari ham oʻzlarini gʻalati tutishgan.

May zilzilasi aprel oyidan keyin saqlanib qolgan ob’ektlar xarobaga aylandi. Umuman olganda, binolarning 90 foizi vayron boʻlgan1976-1990 , Gazli va yaqin atrofdagi aholi punktlarida 20 mingdan ortiq odam jabrlangan.

Favqulodda vaziyatda boʻlgan Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi Sharof Rashidov Gazlini qayta qurishni buyurdi. Kuzga kelib, gaz ishchilarining oilalari chodir va vagonlardan kottejlarga koʻchirildi. Yangi maktablar, bolalar bogʻchalari, kasalxonalar qurildi. 1977-yilda Gazli shahriga shahar maqomi berildi.

Keyingi kuchli zilzila 1984 yil 20 martda qayd etilgan. Yana bir bor tabiiy ofat katta vayronagarchiliklarga olib keldi.

1984-yil 20-mart zilzilasi 1984-yil 20-martdagi takror zilzilada 15-20 km chuqurlikdagi seysmogen yoriqlar tektonik harakatlarning faollashishi natijasida yer yuzasigacha chiqqan. Yoriqlardan qum aralash suv otilgan. Epitsentr va uning yon atrofida zilzila shiddatli boʻlgani tufayli bino va inshootlar vayronaga aylangan. Qoraqir koʻlining tubi koʻtarilib yoriqlarning kengligi 60—70 sm gacha yetgan. Yer yoriqparidan otilib chiqqan suvning issiqligi 45°—46° boʻlgan. Boshqa joylarda esa suv keskin kamaygan. Zilzilaning magnitudasi uning oʻchogʻida M—7,2, epitsentrda kuchi 10 ballga yetgan. 1976-yildagi zilzilalar singari Gazlida 8—9 ball, Buxoroda 7 ball, Navoiyda 6 ball, Samarqandda 5—6 ball, Urganch, Jizzax, Nukusda 5 ball va Toshkentda 4 ballga yetgan. Zilziladan Gazli shahri butunlay vayron boʻlgan. Shuningdek, gaz konlaridagi inshootlar, kompressor stansiyalar va boshqalar ishdan chiqqan.

1976-yildagi zilzila kabi 1984-yildagi Gazli zilzilasi ham Janubiy Tyanshan seysmogen zonasida paydo boʻldi (qarang Seysmogen zonalar). Seysmologik holat seysmologik holat 8 yil ichida 7 balldan ortiq zilzilalar uch marta takrorlanishi jahon seysmologik amaliyotida kam uchraydigan holatdirRazrushitelnie zemletryaseniya XX veka.

Gazli zilzilalarining texnogen tabiati toʻgʻrisida taxminlar mavjud edi, ularning sabablari Gazli hududidagi gaz konining nazoratsiz oʻzlashtirilishi bilan bogʻliq. 1976-yilgacha Gazli hududi 4 balli zilzila zonasi (12 balli shkala boʻyicha) tasnifiga kiritilgan. Ushbu bir qator zilzilalardan soʻng, olimlar oʻz fikrlarini qayta koʻrib chiqdilar va endi Gazli shahri hududini yerning yuqori seysmik faol hududlariga kiritildi. Hozirgacha Gazlida har yili 5-8 marta turli xavfdagi zilzilalar sodir boʻlib turadi. Manbalar

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Gazliyskiye zemletryaseniya 1976 i 1984 gg., T., 1986.

Turkum:Oʻzbekistondagi zilzilalar Turkum:Buxoro viloyati