Galaosiyo — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi shahar. Buxoro tumani markazi. Viloyat markazidan 9 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kogondan 21 km. Aholisi 17,306 kishidan iborat (2012) (12,6 ming kishi,2001). Galaosiyoda paxta tozalash zavodi, paxta punkti, qishloq xoʻjaligi mashinalarini taʼmirlash ustaxonasi, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati, sut-yogʻ, non zavodlari bor. Qishloq xoʻjaligi kasbhunar kolleji (450 oʻrinli), oʻrta maktab, kutubxona, madaniyat saroyi, tugʻruqxona, poliklinika va tuman kasalxonasi mavjud."" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Buxoro viloyati shaharlari Turkum:Buxoro tumani aholi punktlari