Jiqtoqlar () — baliqchilar turkumi urugʻiga mansub qushlar. Tanasining uzunligi 25 sm gacha. Tumshugʻi kalta, ogʻzining kattaligi bilan boshqa balchiqchilardan farq qiladi. 7 turi bor. Yevropa, Osiyo, Afrikada (qishda Avstraliyada ham) uchraydi. Oʻzbekistonda 2 turi yashaydi. Dalalar, choʻllar va oʻtloqlarda tarqalgan. Yozda uchib kelib, qishda uchib ketuvchi qushlardan. Odatda, toʻdalashib uya soladi. Hasharotlar bilan oziqlanadi. Chigirtka va boshqa zararkunandalarni qirib, foyda keltiradiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha hayvonlar