Zahona — Koʻhitang tizmasidagi dovon, Surxondaryo viloyatining janubi-gʻarbida, Sherobod tumani hududida, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston chegarasida joylashgan. Eng baland joyi 3016 m. Zahonaga may-noyabr oylarida Kampirtepasoy vodiysi boʻylab oʻtgan soʻqmoq yoʻl orqali piyoda yoki otda borish mumkin. Zahonaga boradigan soʻqmoq yoʻli atroflari archazor oʻrmonlar bilan qoplangan. Qishda dovon qalin qor bilan qoplanib yotadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Dovonlar Turkum:Oʻzbekiston geografiyasi Turkum:Surxondaryo viloyati Turkum:Oʻzbekiston — Tojikiston munosabatlari