Nizomiddin Ubaydullo Zokoniy (1270/1280-yil, Eron — 1370-yil) — fors yozuvchisi va shoiri, fors adabiyotida hajv (satira) asoschisi. Ubayd Zokoniy () nomi bilan ham mashhur.

Hayoti Zakon va Bagʻdoddagi bilim maskanlarida taʼlim olgan. Arab va fors tillarida ijod qilgan. Zokoniyning „Navodir ul-amsol“ („Nodir masallar“), „Axloq ul-ashrof“ („Zodagonlar axloqi“), „Sad pand“ („Yuz nasihat“) kabi asarlari fors adabiyotining nodir namunalari hisoblanadi. „Mush-u-gurba“ („Mushuk ila sichqon“) kichik hajmli majoziy dostoni jahon xalqlarining koʻplab tillariga, shuningdek, oʻzbek tiliga ham tarjima qilinib, 1907–1909-yillarda bir necha bor chop etilgan

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Fors shoirlari Turkum:Sherozda vafot etganlar