Konstantin Vasilyevich Ivanov (1890-yil 15(27)-may — Belebeyevsk tumani, Boshqirdiston — 1915-yil 13(26)-mart) — chuvash shoiri. Chuvash adabiyoti asoschisi, muallim. Chuvash oʻrta maktablari uchun oʻquv qoʻllanmalari va alifbo tuzishga hissa qoʻshgan. Ilk ijodi 1905—1907-yillar rus adabiyotidagi sheʼr va asarlarini chuvash tiliga tarjima qilishdan boshlagan. „Ikki qizim“, „Ochlik ertaklari“, „Temir iylagich“ va „Beva“ balladalari, „Shaytonning kuli“ fojia va boshqa publitsistik sheʼrlar muallifi. „Narspi“ (1908) dostoni haq-huquqsiz chuvash ayoli haqida. Ivanov chuvash sheʼriyatida birinchi boʻlib sillabiktonik sheʼr tizimini qoʻllaganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:1915-yilda vafot etganlar Turkum:Rossiya imperiyasi yozuvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar