Idalgo — Meksikadagi shtat. Mamlakatning markaziy qismida, Meksika yassitogʻligining janubi-sharqida. Maydoni - 20,9 ming km. Aholisi - 2,2 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Pachuka shahri. Aholi, asosan, vodiylarda yashaydi. Yer yuzasi plato boʻlib, oʻrtacha balandligi 2000 m; alohida choʻqqilari 3000 m va undan ziyod. Sharqiy Syerramadre togʻ sistemasi Idalgo hududini Meksika qoʻltigʻidan ajratib turadi. Oʻrtacha oylik temperatura 16—20°. Yiliga 300–600 mm yogʻin yogʻadi, tez-tez qurgʻoqchilik boʻlib turadi.

Aholisining koʻp qismi qishloq xoʻjaligida band. Asosan, mevali daraxtlar oʻstiriladi, sabzavot ekinlari va shakarqamish ekiladi. Shtatning sharqiy qismida yaylov chorvachiligi rivojlangan.

Oltin va kumush konlari bor. Mashinasozlik (vagonlar, yuk mashinalari, toʻqimachilik mashinalari), ne-ftni qayta ishlash, sement, rangli metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Yirik sanoat shaharlari: Syudad-Saagun, Tula"Idalgo" OʻzME. I-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar