Ikromov Imomjon (1891-yil 29-aprel — Toshkent — 1980-yil 29-avgust) — sozanda (gijjakchi), bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti (1953).

Faoliyati Turkiston xalq konservatoriyasida (1918—1922), Moskva oʻzbek opera studiyasida (1939) taʼlim olgan. Samarqand pedagogika bilim yurtida oʻqituvchi, Samarqand musiqali drama teatrida sozanda (1924-1927). Oʻzbekiston radiosi milliy cholgʻu ansambli tashkilotchilaridan, konsertmeyster, musiqa rahbari (1927—1941), badiiy rahbari (1941—1947), yana konsertmeyster (1947—1953).

Ijodi Turli janrlarda 200 ga yaqin kuy va qoʻshiq yaratgan. „Kolxoz qizi“, „Soʻlim“ (1933), „Tortadur“ (1939) qoʻshiklari Ikromovning ilk asarlaridan. „Vatan qoʻshigʻi“ (1951), „Indamadi“ (1958), „Oʻynasin“ (1959), „Qoʻlda raʼnosi bilan“ (1960), „Serquyosh Oʻzbekistonim“ (1965), „Gul teraman saralab“ (1971), „Zeboga xos“ (1979) kabi qoʻshiklari oddiyligi, taʼsirchanligi, ohangdorligi, koʻtarinki ruhi bilan ajralib turadi. Ikromovning koʻpgina qoʻshiqlari („Tez tering“, „Sher yigit“, „Daryosi koʻp, dardga davo yaliyali“) xalq yallalariga aylanib ketgan. U „Munojot“, „Choʻli Iroq“, „Ajam“ kabi cholgʻu kuylarining ashula yoʻllarini yaratgan.

Xotirasi Ikromovga bagʻishlangan telefilm („Imomjon Ikromov“) ishlangan (1991).

Manbalar

Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari