Ilmiy-yordamchi bibliografiya — bibliografiya turi; ilmiy va ixtisosli ilmiy yordamchi faoliyatiga yordam berishga xizmat qiladi. Alohida xizmat koʻrsatish sohalari bilan uzviy bogʻliq, shu tufayli u hamisha aniq kitobxonlar guruhiga ega. I.-yo. b. mutaxassis, ilmiy xodimlarga ularni qiziqtirgan masalalarga oid adabiyotlar haqida toʻliq maʼlumot beradi; zarur hollarda asarning mazmunini ham (annotatsiya, referat yordamida) yoritib beradi. I.-yo. b.da bibliografiyaning universal, retrospektiv; tarmoq kundalik yoki retrospektiv; oʻlkashunoslik kundalik yoki retrospektiv va b., shaxsiy I.-yo.b. turlari jamlanadi. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar