Iordan yoki Urdun Nahr ushshariʼa — Gʻarbiy Osiyodagi daryo, koʻp qismi Iordaniya xududida. Uzunligi 252 km. Jabal ush-Shayx (Harmun) tizmasidan boshlanadi. Meridional yoʻnalishdagi Hor (Al-hor) tektonik choʻkmasidan oqib, chuchuk suvli Havla va Tabariya (Gʻani-saret) koʻllari orqali oʻtadi va Oʻlik dengizga quyiladi. Iordanning yuqori oqimida vodiysi tor, ostonalardan oʻtgan joylarda sharsharalar hosil qilgan. Suv sarfi 50 m3/sek. Grunt va koʻllardan suv oladi. Eng katta irmogʻi — Yarmukning Iordanga quyilishiga yaqin joyda toʻgʻon va katta GES qurilgan. Daryodan sugʻorishda foydalaniladi. Iordan vodiysi — Iordaniyaning asosiy dehqonchilik rayoni.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Alfavit boʻyicha daryolar Turkum:Iordaniyadagi daryolar Turkum:Isroildagi daryolar Turkum:Falastindagi daryolar Turkum:Suriyadagi daryolar Turkum:Livandagi daryolar