thumb|267x267px|Peganum harmala Isiriq (lotincha: peganum) — tarkibida alkaloidlar bo‘lgan, xalq tabobatida shifobaxsh vosita sifatida turli yo‘llar bilan (jumladan, tutatib) foydalanib kelinadigan, isiriqdoshlar oilasiga mansub koʻpyillik yovvoyi o‘t o‘simlik.

Boʻyi 60-70 sm. Poyasi bir nechta, sershox. Barglari kulrang yoki yashil. Gullari sargʻish-oq, shoxining uchida. Mevasi dumaloq koʻsakcha. 6 turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1 turi (Peganum harmala) oʻsadi. Choʻl va yarim choʻllarda, aholi yashaydigan yerlarda, ekinlar orasida va togʻ yon bagʻirlarida uchraydi. Tarkibida alkaloidlar (garmin, garmalin, peganin va b.), yogʻ, boʻyoq kabi moddalar bor. Urugʻidan jun gazlama va shoyilar uchun boʻyoq olinadi. Badboʻy islarni yoʻqotish, har xil ofatlarni qaytarish maqsadida ham isiriqdandan foydalaniladi.

Tibbiyotda thumb|267x267px|Quriltilgan va bozor rastalariga olib chiqildgan isiriq yoki peganum harmala. (Kentau, Qozog‘iston) Tabobatda qadimdan turli kasalliklar (tutqanoq, tomoq ogʻrigʻi, zaxm)ni davolashda, siydik haydovchi, terlatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Abu Ali Ibn Sino isiriqni quymich asablari shamollaganida, tizza va suyaklar qaqshab og‘riganida, og‘riq qoldiruvchi omil sifatida ishlatishni tavsiya etgan. Bundanda tashqari isiriqdan olingan alkaloidlar ekstraktining grippning oldini olish borasidagi fundamental tadqiqotlar e’lon qilingan; isiriq tarkibidagi alkaloidlarning shishlarga qarshi samarali vosita ekani isbotlangan; isiriq alkaloidlarining zararli mikroorganizmlarning rivojlanishini to‘xtatishi ma’lum qilingan. Isiriq tutatilganda α-pinen, limonen va stirenlar ajraladi va bu birikmalar mikroorganizmlarni dezinfeksiya qilish xususiyatiga ega.

Ta’qiqlarga uchrashi Belarusda garmalin va garmin (isiriq) tibbiy maqsadlarda ishlatilmaydigan, xavfli psixotrop modda deb topilgan. Isiriq 2024-yilda Rossiyada davlat nazorati ostida bo‘lishi shartligi belgilangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan.

Yana qarang

Isiriq solish; isiriqdon.

Manbalar

Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar