Iskandar – Boʻstonliq tumanidagi shaharcha (1937-yildan). Chirchiq daryosi boʻyida, 667 m balandlikda. Iskandar hududidan Chirchiq GESining kanali oqib oʻtadi. Toshkentdan 48 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Barraj – 4 km. Shaharcha yaqinidan elektrlashtirilgan Toshkent – Xoʻjakent temir yoʻl oʻtgan. Aholisi 19 ming kishi (2001). Yer maydon 204 ga. Iskandarning etimologiyasi haqida ilmiy asosga ega boʻlmagan rivoyatlar mavjud.

Iskandarda „Iskander – FUDS“ oʻzbek – amerika qoʻshma korxonasi, „Tovoqsoykabel“ korxonasi, Tovoqsoy GES, Toshkent viloyat pillachilik ishlab chiqarish birlashmasi, 2 fermer xoʻjaligi bor. 3 maktabda 2,4 ming oʻquvchi taʼlim oladi. Klub, 5 kutubxona, 3 vrachlik punkti, 2 shifokorlik ambulatoriyasi mavjud.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Boʻstonliq tumani shaharchalari