Itolgʻi () — lochinlar oilasiga mansub qush. Qanotining uzunligi 35–43 sm, modasining ogʻirligi 820–980 g, nari – 970–1130 g. Janubiy sharqiy Yevropa va Shimoliy – Gʻarbiy Afrikadan to Baykalortigacha boʻlgan hududlarda tarqalgan. Dasht, choʻl va oʻrmon-dasht mintaqalarida yashaydi. Oʻzbekistonning togʻli va pasttekisliklarida uchraydi. Daraxt va qoyatoshlarda uya quradi. Qushlar, kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Ov qushi sifatida qadrlanadi. Oʻzbekiston va boshqa bir qancha mamlakatlarning qizil kitobiga kiritilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Qushlar Turkum:Biologik turlar