Baxtiyor Axmedovich Ixtiyorov (28-mart 1940-yil – 21-noyabr 2021-yil) – aktyor. O‘zbekiston SSR xalq artisti (1989).

Hayoti va faoliyati Buxoro shahrining Tabibon mahallasida zamonasining fozil kishilaridan Mulla Ixtiyori Xushxatning farzandi, sanʼatkor Ahmad Muxtorovich Ixtiyorov oilasida tavallud topdi. 1958-yilda Buxoro shahrida maktabni tugallagan. Shoir va dramaturg Omon Muxtor bilan sinfdosh boʻlgan. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining musiqali drama fakultetini tugatgan (1963). Muqimiy teatrida aktyor va rejissor (1959-1976), bosh rejissor (1980-1988), 1976—1980-yillar A. Hidoyatov nomidagi teatrda, 1988—1991-yillar Satira teatrida bosh rejissor, aktyor (1991-yildan shu teatrda aktyor, rejissyor).

Eng yaxshi rollari: Asad („Oltin qidiruvchilar“), Koʻsadov („Ravshan va Zulxumor“), Asad („Kimga toʻy, kimga aza“), Abubakr („Jon qizlar“), Tohir („Ishqing bilan“), Parvoz („Ajab savdolar“).

Kinodagi yirik rollari: Hasan („Ajoyib xayolparast“), Baxtiyor („Choʻl usti osmon“), Baxtiyor („Yor-yor“), Qoʻgʻirchoqboz („Oʻtgan kunlar“), Hofiz („Nodirabegim“), Yettinchi jin („Yettinchi jin“), Suhrob („Abu Rayhon Beruniy“).

Rejissyor sifatida „Ezop“ (G. Figeyredu), „Yolgʻonchi darkor“ (D. Psatas), „Jumagul“ (T. Qaipberganov), „Jonim fido“ (I. Rahim), „Kimga toʻy, kimga aza“ (N. Safarov), „Xotinimning eri“ (G. Xugayev va K. Pliyev), „Otasining qizi“ (Isfandiyor), „Soʻnggi oʻq“ (Oʻ. Umarbekov), „Aka-uka sovchilar“ (R. Muhammadjonov), „Layli va Majnun“ (A. Navoiy), „Tohir va Zuhra“ (S. Abdulla) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

„Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Ixtiyorov 2021-yil 21-noyabrda 81 yoshida Toshkent shahrida vafot etganOʻzbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida vafot etdi.

Oilasi Mulla Ixtiyori Xushxat – bobosi Ahmad Muxtorovich Ixtiyorov – otasi, bastakor va dirijor Maryam Ixtiyorova – sobiq turmush oʻrtogʻiMaryam Ixtiyorova Biografiyasi Xumora Ixtiyorova Baxtiyorovna – qizi

Filmografiyasi Yor-yor (1964)Baxtiyor Ixtiyorov. Filmografiya Sayyod qoʻngʻirogʻi (1966) Oʻtgaan kunlar (1969) Shijoat (1971) Uchrashuv (1971) Shiddat (1971) Yettinchi oʻq (1972) Ajoyib hayolparast (1977) Abu Rayhon Beruniy (1974) Yettinchi Jin (1976) Shum bola (1977) Olovli yoʻllar (1979) Afsonaviy qiz (1980) Jimjitlik kodeksi 2: Qora baliq izidan (1994) Sevgi fazosi (2005) Kichkina odamlar (2008) Kaminaning oilasi (2008)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar Turkum:Sovet erkak aktyorlari Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha rejissyorlar