thumb| Chlamydotis undulata Osiyo yoʻrgʻa tuvalogʻi () — tuvaloqsimonlar turkumi tuvaloqlar oilasiga mansub qush turi.
Taksonomiya va sistematika 1784-yilda avstriyalik ornitolog Joseph Franz von Jacquin Tripolidan Venadagi Schönbrunn hayvonot bogʻiga olib kelingan namuna asosida tuvaloqlarning yangi turini tavsiflaydi va Psophia undulata deb nom beradi. 1832- yilda John Edward Gray shimoliy Hindistonda Thomas Hardwicke tomonidan chizib olingan rasim asosida tuvaloqlarning yana bir turini Otis macqueenii nomi bilan tavsiflaydi. 1839-yilda René Lesson Chlamydotis urug‘ini ajratadi va undulata turini shu urug‘ tarkibiga kiritadiLesson, R. (1839). Oisseaux inédits. Revue Zoologique par la Société Cuvierienne. II (2): 43−47.. Osiyo yo‘rgʻa tuvalog‘i esa uzoq vaqt davomida Chlamydotis undulataning ostturi deb hisoblanadi. 2003-yildan boshlab yangi tadqiqotlar asosida osiyo yo‘rgʻa tuvalog‘i alohida tur sifatida ajratiladi.
Tavsif Vazni 1,1 kg dan 2,4 kg gacha; qanoti 350–450 mm. Boʻynida uzun patlardan iborat „yoqa“ boʻlishi bilan boshqa tuvaloqlardan farq qiladi. Patlari sargʻish qum rangida, boshqarish patlarida qoramtir qoʻngʻir koʻndalang yoʻllarining boʻlishi uni choʻl sharoitida yirtqichlardan pana qiladi. Yerda tez (soatiga 35–40 km gacha) yuguradi. Arabiston yarim oroli, Kichik, Gʻarbiy va Oʻrta Osiyo, Janubiy Qozogʻiston, Gʻarbiy Moʻgʻuliston va Sharqiy Turkistonning choʻl va yarim choʻl mintaqalarida tarqalgan.
Oʻzbekistonda Qizilqum va ochiq dashtlarda uchraydi. Arealining janubiy qismida oʻtroq yashaydi; shim. qismidan Arabiston, Gʻarbiy Osiyo va Turkmanistonga qishlash uchun uchib keladi. Asosan, hasharotlar, qisman oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Yer yuzasiga uya qura-di: aprel — may oylarida 1—3 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumlarini faqat modasi bosadi. Shim. hududlardan qishlov joyiga avgust—sent. oylarida uchib ketadi. Ov qushlari qatoriga kiradi. Soni keskin kamayib ketgani tufayli Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar