thumbnail Kamakura — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu o.da. Aholisi 170,3 ming kishi (1990-yillar oxiri). Kino sanoati rivojlangan. Mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. K. — shahar-muzey. XII asrda qad. Yaponiya poytaxti oʻrnida vujudga kelgan. 1333-yilgacha "Kamakura davri" harbiy hukmdorlari poytaxti boʻlgan. Buddaviylar ziyorat markazlaridan. Milliy boyliklar muzeyi va b. muzeylar bor. Shaharda buddaning yirik bronza haykali (XIII asr) saqlangan. Dengizboʻyi kurorti, turizm rivojlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Yaponiya shaharlari