Kan — Fransiyaning shimoliy qismidagi shahar va Normandiya mintaqasida joylashgan kommunadir. Kalvados departamentining maʼmuriy markazi. Orn daryosi buyidagi port. Kanal orqali La-Mansh boʻgʻozi bilan bogʻlangan. Aholisi 117 ming kishi (1999). Kuyi Normandiya temir ruda rayonining sanoat markazi Kan va uning atrofida metallurgiya, mashinasozlik, toʻqimachilik, kimyo, sement, yogʻochsozlik, keramika sanoati korxonalari mavjud. Universitet(1432 y.dan), nafis sanʼat muzeyi bor. 11 — XVII asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Shaharga XI asrda asos solingan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Aholisi 113.987 nafar aholi istiqomat qiladi (1999). Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 4435,3 nafar kishi.
Geografiyasi Maydoni — 25,7 km2.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Calvados shaharlari