Kanar orollari — Atlantika okeanidagi orollar guruhi, Afrikaning shimoli-gʻarbiy sohilidan 100–120 km uzoqda. Ispaniya tarkibidagi muxtor viloyat. Maydoni 7,3 ming km. Asosiy orollari: Gran-Kanariya, Tenerife. Fuerteventura, Lansarote. Maʼmuriy markazi — Las-Palmas. Relyefi togʻlik, eng baland joyi 3718 m (Tenerife o.dagi Teyde vulkani). Soʻngan va harakatdagi vulqonlar bor. Iqlimi tropik, passat iqlim. Yillik yogʻin oʻrtacha 300– 500 mm. Yon bagʻirlari doim yashil butazorlar, baʼzan oʻrmonlar bilan qoplangan. Endemik oʻsimlik turi (ajdar daraxti, kanar xurmosi va qaragʻayi) koʻp. Banan, kartoshka, sitrus mevalar, tamaki, uzum yetishtiriladi, donli va dukkakli ekinlar ekiladi. Chorvachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. Kanar orollari Atlantika okeanidagi muhim tranzit baza. Yirik shaharlari:Las Palmas va Santa Cruz de Tenerife. Teyde milliy parki tashkil etilgan. Dengizboʻyi iqlim kurortlari mavjudOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Arxipelaglar