Georg Kantor (1845-yil, 3-mart, Peterburg — 1918-yil, 1-iyun, Galle) — nemis matematigi. Berlin universitetini tugatgan (1867). Galle universiteti professor (1872 — 1913). Toʻplamlar va transfinit sonlar nazariyasini (qarang Toʻplamlar nazariyasi) yaratgan. Haqiqiy sonlar toʻplamining sanoqsizligini isbotlagan (1874), toʻplamlar quvvatliligining umumiy tushunchasini ifodalagan (1878). Limit nuqta, hosilaviy toʻplamlar nazariyasini kiritgan, irratsional sonlar nazariyasini rivojlantirgan. Matematik analiz, haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalar nazariyasida K. nomi bilan bogʻlik muhim tushunchalar borOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:3-martda tugʻilganlar Turkum:1845-yilda tugʻilganlar Turkum:6-yanvarda vafot etganlar Turkum:1918-yilda vafot etganlar Turkum:1872-yilda tugʻilganlar Turkum:1913-yilda vafot etganlar