Kirkuk (, , ) — Iroqdagi shahar, Kirkuk muhofazasi (sobiq At-Taʼmim) markazi. Shahar turli aholi guruhlari yashaydigan keng hududda joylashgan boʻlib, asrlar davomida koʻp tillilik xususiyatiga ega boʻlgan. XX asrda shaharning urbanizatsiyasi jarayonida keskin oʻzgarishlar yuz bergan va turli etnik guruhlarning shakllanishi va rivojlanishiga olib kelganBet-Shlimon, Arbella. 2012. Group Identities, Oil, and the Local Political Domain in Kirkuk: A Historical Perspective. Journal of Urban History 38, no. 5..

Aholisi Kirkuk aholisi 601 435 kishini tashkil etadi. Aholining katta qismini turkmanlar tashkil etadi, hozirda kurdlar ham koʻpchilikni tashkil qilmoqdahttp://books.google.com.tr/books?id=rXozTgKsAdMC&pg=PA209&dq=Kerk%C3%BCk+T%C3%BCrk%C3%A7e&hl=en&sa=X&ei=RQDJU629IMW9ygOA84HAAw&ved=0CCcQ6AEwAg#v=onepage&q=Kerk%C3%BCk%20T%C3%BCrk%C3%A7e&f=false. Ossuriylar, kurdlar, Iroq turkmanlari va arablar ushbu hududning turli qismlariga daʼvo qilib kelgan boʻlib, ularning har biri oʻz daʼvolarini asoslash uchun oʻz tarixi va oʻtmishiga ega. Saddam Husayn hokimiyatining tugashi, Iroqqa bostirib kirish va IShIDning paydo boʻlishidan soʻng aholi tarkibida bir qator oʻzgarishlar yuz berdi. Koʻplab ekspertlar hozirda kurdlar eng yirik aholi guruhiga aylanganini taʼkidlaydi.

mini|200px|Kirkuk, 1933-yil

Geografiyasi Kichik Zab daryosining oʻng qirgʻogʻi yaqinida joylashgan.

Balandligi: 354 metr Kengligi: 35° 28′ 05″ shimoliy kenglik Uzunligi: 44° 23′ 31″ sharqiy uzunlik

Iqtisodiyoti Neft qazib olish va neftni qayta ishlash markazi. Jayhon (Turkiya) va Baniyas (Suriya)ga, Oʻrta yer dengizi sohiliga olib boruvchi neft quvurlari mavjud.

mini|220px|Kirkuk–Jayhon neft quvuri.

Shaharda aeroport mavjud.

Manbalar

Turkum:Iroq shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar