right|200px|thumb|Arthur Holly Compton (1927) Arthur Compton () (1892-yil, 9-oktyabr, Vuster, Ogayo — 1962-yil 15-mart, Berkli) — amerikalik fizik, AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi. Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasiga, kosmik nurlar fizikasiga oid. Kavendish labarotoriyasi (Kembrij)da rentgen nurlari sochilishi va yutilishini tekshirgan (1920). Modda elektronlari sochadigan rentgen nurlari toʻlqin uzunligining oʻzgarish effekti (Kompton effekti)ni ochgan va yorugʻlikni fotonlar oqimi sifatida tasavvur qilgan holda bu effekt nazariyasini yaratgan (1922). Metal va shishalar sirtidan rentgen nurlarining toʻliq qaytish hodisasini aniqlagan. Kristalllar va ayrim atomlarda elektron zichligining taqsimlanishini hisoblash usulini ishlab chiqqan. Kosmik nurlarni tekshirish bilan shugʻullangan va birlamchi kosmik nurlarning korpuskulyar tabiatidan dalolat beruvchi effektni aniqlagan. Atom bombasini yaratishda qatnashgan (1941–1945). Nobel mukofoti laureati (1927)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilNobel mukofoti sovrindorlari.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Fiziklar Turkum:1892-yilda tugʻilganlar Turkum:1962-yilda vafot etganlar Turkum:15-martda vafot etganlar Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari Turkum:9-oktyabrda tugʻilganlar