Valerian Vladimirovich Kuybishev (25.05.1885, Omsk – 25.01.1935, Moskva) — Turkistonda bolshevikcha rejimni oʻrnatgan sovet siyosatchilaridan biri. 1919-yil oktabrdan Butun Rossiya MIK va XKSning Turkiston Komissiyasi (qarang Turkkomissiya) raisining oʻrinbosari va raisi sifatida Turkistonda bolsheviklar hukmronligini qaror toptirishda gʻoyaviy-siyosiy rahbarlik qildi. 1920–1921-yillarda M. V. Frunzenit yaqin yordamchisi boʻlib, Turkiston fronti siyosiy boshqarmasining boshligʻi, RSFSR va RKP(b) MKning BXSRdagi muxtor vakili. Keyingi yillarda ittifoq partiya, kasaba uyushmasi, sovet va xoʻjalik ishlarida ishladi. Butunittifoq KP(b) MK Siyosiy byurosi aʼzosi (1927-yildan). Kuybishev Buxoro Xalq Respublikasini Buxoro Xalq Sovet Respublikasiga aylantirish tashabbuskori (1920-yil 6-oktabr). 1934-yil noyabrda Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston SSRda boʻlib, faqat Oʻzbekistonning oʻzida koʻplab okrug va tumanlarning rahbarlari, shuningdek, 30 ta tumandagi yuzdan ortiq kolxoz raislari hamda oʻziga toʻq dehqon xoʻjaliklarini qatagʻon qildirdi"KUYBISHEV Valerian Vladimirovich" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilOʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davri-da], T., 2000..

Manbalar

Turkum:1885-yilda tugʻilganlar Turkum:1935-yilda vafot etganlar