Kumaratunga Chandrika xonim (1945.29.6, Kolombo) — Shri Lanka davlat arbobi. Sorbonna universitetini tugatgan. Siyosiy fanlar doktori. 1972—76 yillarda Yer islohoti komissiyasi direktori va bosh direktori, 1976—77 yillarda yoshlarni uy-joy bilan taʼminlash komissiyasi raisi, 1977—79 yillarda BMT oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashqilotining Shri Lankadagi vakolatxonasi mutaxassisi. 1993 yildan Gʻarbiy viloyat hukumati boshligʻi, soʻng Shri Lanka Demokratik Sotsialistok Respublikasi bosh vaziri, 1994 yil oktyabrdan prezidenti.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Ayol prezidentlar Turkum:Ayol bosh vazirlar Turkum:Yashayotgan insonlar