thumb|right|220px|Mozambik boʻgʻozi joylashuvi
Mozambik boʻgʻozi (, , ) — Hind okeanidagi boʻgʻoz. Ushbu boʻgʻoz Madagaskar oroli bilan Afrika oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1760 km, eng kambar joyining kengligi 422 km, farvaterida eng sayoz yerining chuqurligi 117 m. Mozambik boʻgʻozida suv oqimi, asosan, shimoldan janubga yoʻnalgan. Portlari: Mozambik, Beyra va Madxadzanga hisoblanadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Havolalar Japanese Submarines at Madagascar and the Mozambique Channel
Turkum:Alifbo boʻyicha boʻgʻozlar