right|200px|thumb|Ben Roy Mottelson Ben Roy Mottelson (1926-yil, 7-sentyabr, Chikago) — kelib chiqishi amerikalik boʻlgan daniyalik fizik. Perdyu universitetni (Indiana shtati) tugatgan (1947). 1951-yilda Daniyaga koʻchib kelgan. Yevropa yadro tadkikotlari markazida ishlagan (1953—57). Kopengagendagi Nordit nazariy atom fizikasi instituti professor (1957-yildan), 1981-yildan direktori. Ilmiy ishlari yadro fizikasiga, asosan, yadro nazariyasiga bagʻishlangan. O. Bor bilan hamkorlikda yadroning kollektiv modelini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (O. Bor va D. Repnuoter bilan hamkorlikda; 1975)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yilNobel mukofoti sovrindorlari.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Daniyalik fiziklar Turkum:2022-yilda vafot etganlar Turkum:21-asr amerikalik olimlari Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari