thumb|right|250px|Koʻpirtirilgan qaymoq, shokoladli sous va gofretdan tayyorlangan vanilinli muzqaymoq.
Muzqaymoq — tuxum, qaymoq yoki turli mevalardan tayyorlanadigan yaxna shirinlik. Muzqaymoq uchun dastlab asosiy masalliq birikmasini tayyorlash va birikmani muzlatish jarayoni talab etiladi. Qaymoqli muzqaymoq uchun tuxum yoki tuxum sarigʻi shakar bilan qorishtirib, yaxshilab aylantiriladi, shakari erigach, issiq sut quyiladi va chil-choʻp bilan betoʻxtov aylantirib turiladi. Idishda yaxshi aralashgan quyuq massa hosil boʻladi. Unga vanilin qoʻshiladi, soʻngra qolip idishlarga quyilib, sovitib, muzlatiladi. 1 kg muzqaymoq olish uchun masalliqlar (g hisobida): 600 g sut, 75g qaymoq, 250 g shakar, 0,1 g vanilin, 3 dona tuxum. Mevali muzqaymoq uchun meva kaynatib pishiriladi, soʻngra sim elakdan oʻtkazilib, pyure tayyorlanadi. Qaynoq suvda shakar eritiladi. Masalliklar sovigach, pyure bilan qiyom aralashtiriladi va qoliplarga solib muzlatiladi. 1 kg muzqaymoq uchun 200 g meva (qulupnay, mandarin va boshqalar), 325 g shakar, 1 g limon kislotasi kerak boʻladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Muzqaymoq tarkibi- Sut mahsulotlari
Muzqaymoqning asosiy xomashyosi boʻlib, mahsulotga ozuqaviy qiymat, mazali taʼm va qaymoqli tuzilma beradi.
Butun sut — oqsil, yogʻ va laktoza manbai.
Qaymoq — yuqori yogʻli boʻlib, mahsulotni yumshoq va mazali qiladi.
Sut kukuni (toʻliq yoki yogʻsiz) — qalinlashtirish uchun ishlatiladi.
Saryogʻ yoki sut yogʻi — yogʻ miqdorini oshirish va tuzilmani yaxshilashda ishlatiladi.
Shakar va shirinlashtiruvchilar
Muzqaymoqqa kerakli shirinlik va tekstura beruvchi asosiy ingredientlar.
Shakar (saxaroza) — asosiy shirinlashtiruvchi.
Glyukoza siropi yoki kukuni — teksturani yumshatish va kristallanishni oldini olishda yordam beradi.
Fruktoza — shirinligini oshirish uchun ishlatiladi.
Sunʼiy shirinlashtiruvchilar (kam kaloriyali variantlar uchun): steviya, aspartam, sukraloza va boshqalar.
Stabilizatorlar va emulgatorlar
Muzqaymoqning kristallanmasligi, silliq tuzilmasi va uzoq muddat saqlanishi uchun qoʻshiladi.
Stabilizatorlar: guar saqichi, karboksimetilsellyuloza (KMS), jelatin, agar-agar, pektin, alginatlar.
Emulgatorlar: mono- va diglitseridlar, lecitindan foydalaniladi (tarkibni bir xil qilish uchun)..
Suv
Muzqaymoq massasining katta qismini tashkil etadi. Yuqori sifatli tozalangan suv ishlatiladi. Sut tarkibidagi suv ham hisobga olinadi.
Tatlar va aromatlar
Muzqaymoqning turi va brendiga qarab quyidagilar ishlatiladi:
Tabiiy tatlar: vanil, kakao, mevalar, kofe, yongʻoqlar.
Sunʼiy aromatlar: vanilin, mevali esensiyalar.
Meva pyuresi yoki boʻlaklari: qulupnay, malina, mango, limon, banan va boshqalar.
Rang beruvchilar (agar kerak boʻlsa)
Tabiiy: zardob (safron), lavlagi ekstrakti, spirulina, sabzavot ekstraktlari.
Sunʼiy: E-kodli ranglar, masalan, E102 (tartrazin), E133 (brilliant koʻk).
Tarixi
Kelib chiqishi Muzqaymoqli desertlarning kelib chiqish tarixi nomaʼlum boʻlib, ularning kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta manbalar mavjuddir. Baʼzi manbalarda, miloddan avvalgi 550-yillarda Fors davlatidan kelib chiqqan muzqaymoqga oʻxshash yeguliklar tasvirlangan, boshqa manbalarda esa Rim imperatori Neron asal va sharob aralashmasidan iborat boʻlgan birinchi sorbetni tayyorlash uchun Apennin togʻlaridan muz toʻplaganligi aytiladi, hozirga kelib esa sorbet shirinligi ilk marotaba Fors davlatida tayyorlangan deb ishoniladi. Yana boshqa manbalarda aytilishicha, muzqaymoq Moʻgʻullar imperiyasida paydo boʻlgan hamda ilk marotaba Xitoyga Moʻgʻullar imperiyasi sarhadlari kengayishi paytida tarqalgan.
Galereyasi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Taomlar Turkum:Sut mahsulotlari Turkum:Dunyo oshxonasi Turkum:Muzqaymoqlar