Navroʻz (1922-yilgacha Yangiobod) — Oʻzbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi shaharcha (2009-yil 13-martdan), tuman markazi. 1980-yilda tashkil etilgan. Viloyat markazi va yaqin temir yoʻl stansiyasi Gulistongacha 12 km. Aholisi 1 200 kishi (1998). Navroʻzda tuman hokimiyati binosi, dehqon bozori, korxonalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, umumiy taʼlim maktabi, iqtidorli bolalar litseyi, stadion, tennis korti, tish davolash poliklinikasi, tez tibbiy yordam punkti va boshqa muassasalar bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Sirdaryo viloyatining shahar tipidagi aholi punktlari