Nizomiy Ganjaviy (; Nezāmi-ye Ganjavi; ; taxallusi; asl ism-sharifi Abumuhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muayyad; 1141-yil – Ganja shahri, Ozarbayjon – 1209-yil, 3-dekabr) – Ozarbayjon fors sheʼriyatining klassigi, Oʻrta asrlar Sharqining eng buyuk shoirlaridan biri, fors tilidagi epik adabiyotning eng yirik ishqiy shoiri, fors tilidagi epik sheʼriyatga soʻzlashuv tili va realistik uslubni olib kelgan ijodkordir.Hijriy VI asrda (milodiy XII asr) forszabon shoir va hikoyanavis boʻlgan, fors adabiyotida hikoya qilish uslubi sohibi va yetakchisi sifatida tanilgan Hakim Nizomiy oʻz davrining umumiy bilimlari (adabiyot ilmlari, astronomiya, falsafa, Nizomiy ilmlari, fiqh va fiqh ilmlari) haqida keng maʼlumotga ega boʻlgan. 21-mart Eronning rasmiy taqvimida Ganjaviyning harbiy xotirasi kuni hisoblanadi.

Tarixiy-madaniy muhit thumb|left|Nizomiy Eldenizlar davlatining hukmdori Qizil Arslon qabulida. 1481-yilga tegishli qoʻlyozmadan miniatura, Uolters Sanʼat muzeyi 1135-1136-yildan 1225-yilgacha Ozarbayjon (asosan hozirgi Janubiy Ozarbayjon hududini oʻz ichiga olgandi) va Arran viloyatlari Saljuqiylar sultonlarining Iroq-Ajamdagi Katta otabeylari kami Eldenizlar sulolasi tomonidan boshqarilardi. Eldenizlar (Eldegiziylar deb ham ataladi) sulolasining tamali Iroq-Ajamdagi Saljuq sultonining ozod qilingan gʻulomi (jangchi-quli) boʻlgan qipchoq Shamsiddin Eldeniz tomonidan qoʻyilgandi. Saljuq imperiyasining parchalanish davrida Ozarbayjon otabeylari (Saljuqiylar taxti vorislarining noibi)boʻlgan Eldenizlar 1181-yildan eʼtiboran mustaqil mahalliy hokim sifatida hududni boshqara boshladilar. Eldenizlar davlati hukmronligiga avvalroq gurjilar tomonidan qoʻlga kiritilgan hududlar bilan bir qatorda 1225-yilda davlat hududlarining Jaloliddin tomonidan bosib olinishi bilan nuqta qoʻyildiATĀBAKĀN-E ĀḎARBĀYJĀN, an influential family of military slave origin, also called Ildegozids, ruled parts of Arrān and Azerbaijan from about 530/1135-36 to 622/1225; as „Great Atābaks“ (atābakān-e aʿẓam) of the Saljuq sultans of Persian Iraq (western Iran), they effectively controlled the sultans from 555/1160 to 587/1181; in their third phase they were again local rulers in Arrān and Azerbaijan until the territories which had not already been lost to the Georgians, were seized by Jalāl-al-dīn Ḵᵛārazmšāh in 622/1225.. Shamsiddin Eldeniz Ozarbayjonning boshqaruvini 1153-yilda, Sulton Mas’ud ibn Muhammadning oxirgi vorisi Qassbey Arslonning oʻlimidan keyin qoʻlga kiritgan deb taxmin qilinadiĪldegoz… He also sought to secure his position on the edges of the declining Saljuq empire by gaining control over parts of Azerbaijan; he probably gained clear control over it only after the death of Masʿūd’s last favorite, Ḵāṣṣ Beg Arslān b. Palangarī in 548/1153, who had been given a position in that area as well. .

Oʻsha davrda Arran (Ozarbayjon) qoʻshni boʻlgan Shirvon hududida Kesroniylar sulolasi tomonidan boshqarilgan Shirvonshohlar davlati mavjud edi. Kesroniylar sulolasi arab millatiga mansub boʻlishlariga qaramay, forslashgan va bu suloladan boʻlgan shohlar oʻzlarini qadimiy Sosoniy shohlarining vorislari deb eʼlon qilishgandiWe can also discern the progressive Persianisation of this originally Arab family (a process parallel to and contemporary with that of the Kurdicisation of the Rawwadids [q.v.] in Adharbaydjan). After the Shah Yazid b. Ahmad (381—418/991-1028), Arab names give way to Persian ones like Manuchihr, Kubadh, Faridun, etc., very likely as a reflection of marriage links with local families, and possibly with that of the ancient rulers in Shabaran, the former capital, and the Yazidids now began to claim a nasab going back to Bahrain Gur or to Khusraw Anushirwan.

thumb|Nizomiy Ganjaviy qilgan ishlardan biri

XII asrda Saljuqiylar oʻz hududlarini kengaytirdilar. Bu joylarda asosan, fors yozuvidan foydalanishgan. XII asrning oʻrtalarida „ozarbayjon“ stili „xuroson“ yoki „shark“ stili oʻzining ritorik qiyin savollari, progressiv metaforalari va xristian tasviri texnikasi bilan boyitishdi. Aytish mumkinki, X asrda Sharqdagi ijodkorlar arab boʻlmasalarda, arab tilida yozish anʼanaga aylangan edi. Shuningdek, moʻgʻullar istilosiga qadar butun Sharq fors tilida ijod qilishni oʻziga faxr deb bilgan. XIV asrdan soʻng esa, Sharqda turkiy tilda ijod qilina boshlandi. Ammo turkiy tilda ijod qilganlarning hammasi ham turk shoir va olimlari emas edi. Oʻrta asrlarda Yevropada xuddi shunday ilm-fan tili–bu lotin tili edi. Huquqshunosmi, vrach boʻladimi, tanlagan sohasidan qatʼiy nazar oʻz asarini lotin tilida yozishga majbur boʻlgan. Ularning bari oʻz ijodini lotinda ifodalashgan. Shu sabablarga koʻra ingliz ijodkori Uil’yam Garveya(1578-1657) Rim imperiyasi qulaganligiga 1200-yil vaqt boʻlishiga qaramasdan, yaratgan asarlari lotin tilida edi.

Nizomiydan boshqa oʻsha davrda forsiyda ijod qilgan Ozarbayjonning talay mashhur adiblar bor, misol uchun Gatran Tabriziy (1010-1080), Xoqoniy Shirvoniy (1126-1199), Mexseti Ganjaviy (1089-1183), Abul-Alo Ganjaviy (XII a.), Izzaddin Shirvani, Falaki Shirvoni (1126-1160), Mudjir ad-Din Baylaqoni (?-1190) va boshqalar. Oʻsha davrda Sharqda Ozarbayjonlik olimlar Musa Shaxovat (VII-VIII a.), Ismoil ibn Yassar (VII-VIII vv.), Abu-l-Abbas al-Ama (?-718), Abubakr Axmad Bardidji (?-914), Abusaid Axmed Bardai (?-929.), Abulhasan Baxmanyor al-Ozarbayjoniy (?-1066), Eynalguzat Mianedji (1099-1131), Xotib Tebrizi (1030-1108) va boshqalar oʻz asarlarini arab tilida yozganlar.

Hayoti Nizomiyning hayoti haqida juda oz maʼlumot qolgan. Shoirning hayoti haqidagi yagona maʼlumot manbai uning asarlari boʻlib, bu asarlarda ham yetarlicha maʼlumot berilmaganHakim Jamal al-din Abu Muhammad Ilyas b. Yusuf b. Zaki b. Mu’ayyad Nizami a native of Ganja in Azarbaijan… Little is known of his life, the only source being his own works, which in many cases provided no reliable information.. Shuning uchun ham Nizomiyning ismi va hayoti haqida bir qancha afsonalar paydo boʻlib, uning biografiyasiga taʼsir koʻrsatgan"Abû Muhammad Ilyas ibn Yusuf ibn Zaki Mu’ayyad, known by his pen-name of Nizami… He lived in an age of both political instability and intense intellectual activity, which his poems reflect; but little is known about his life, his relations with his patrons, or the precise dates of his works, as the accounts of later biographers are colored by the many legends built up around the poet.".

Ozarbayjonning faxri boʻlgan Nizomiy Ganjaviy oʻz vatani tuprogʻidagi koʻplab epizodlarning koʻchma maʼnoda oʻz asarlari qatiga singdiragan: Misol uchun „Xamsa“ dostonlarida buyuk sarkarda Aleksandr Makedonskiyning Ozarbayjonda boʻlgan faoliyati haqidagi tasvirlar borki, Makedonskiy hech qachon bu sarzaminda boʻlmagan.

Mashhur arab afsonasining qahramoni „Layli va Majnun“da Layli (Doston debochasida „Layli bogʻni sayr qilishga oshiqadi“) uni turk goʻzali deb hisoblab, kelib chiqishini turk qabilasidan ekanligi taʼkidlaydi: „Ularni turk deb ataydilar, koʻchmanchi arablar bilan aralashgan, yoki turkiyning arab sulolasiga mansubligi ajoyib“, boshqa joyda esa Majnun: „Turk goʻzali, shundayki, men unga mahliyo boʻlib qoldim.“

Umuman olganda, bugunga qadar shoirning birinchi xotini Nizomiy Ofoq omi, madrasa koʻrmagan turkiy edi. Bu maʼlumotdan kelib chiqib aytish mumkinki, oilada turkiy tildan boshqa tilni bilmagan ayoli bilan Nizomiy yana qanday tilda gaplashishi mumkin edi?

Nizomiy Ganjaviyning tugʻilgan joyi haqida XVII asrga qadar Nizomiyning Ganjada tugʻilgani va muqim shu yerda yashab vafot etganiga shuhba qilinmagan. (Ganja shahri sharafiga Ganjaviy taxallusini olgan.) Eng ishonchli manbalar qatoriga Sadriddin Aufiy (XIII asr) va Davlatshoh Samarqandiy (XV asr) larning asarida Nizomiyning Ganjada tugʻilib, oʻsha yerda vafot etganligi taʼkidlanadi.

Hoji Lutfi Ali Bek (XVIII asr) ning „Otashkada“ („Otashqadah“) asarida keltirilgan maʼlumotda yuqoridagi faktning haqiqiyligiga biroz shuhba paydo boʻladi. Bu asarda aytilishicha, Nizomiy Ganjada emas, Qum shahrida tugilganmish. „Otashkada“ toʻplamida keltirilgan ushbu maʼlumot „Iskandarnoma“ qoʻlyozmasida ham mavjud: Bizgacha Hoji Lutfiy Ali Bekning „Otashkada“ asari Nizomiy haqida yozilgan asar yagona nusxada bizgacha yetib kelgan. Bu nusxaning esa boshlanish sahifasi Nizomiy biografiyasiga oid qismi yoʻqolgan. Shuning uchun asar dastavval „Qum taʼrifi“ bilan boshlangan. Yoʻqolgan sahifalarda esa nima yozilganligi maʼlum emas.

Baʼzi tadqiqotchilar „Otashkada“dagi quyidagi maʼlumotlarni keltiradi: taʼkidlanishicha, Nizomiy Eronda Tehronning 72 km janubida joylashgan Qum shahrida tugʻilgan.

Bu yanglish fikrlar XX asrning birinchi yarmiga qadar davom etdi. XX asrda sharqshunos olimlar bu masalaga oydinlik kiritishdi. Qadimgi „Iskandarnoma“ qoʻlyozmasida bunday faktlar yoʻqligi, keyingi asar esa kotiblar tomon koʻchirilganda kiritilganligi ayon boʻldi.

Bertel’s shunday yozadi:

„Keyingi qoʻlyozma – sharqshunos Riyo tomonidan topilgan qoʻlyozma Nizomiyga tegishli emas. Aniq Nizomiy qalamiga mansub qoʻlyozma Parij milliy kutubxonasi hijriy 763 yilda yozilgan variantida bu misralar yoʻq.“

Mashhur Eronlik nizomiyshunos Vohid Dastgirdi yozadi: „Turklarning aqidalariga binoan Nizomiy qabrga koʻmildi“. Bizga maʼlumki, Nizomiy Shirvonshoh Axsitanning iltimosiga asosan, „Layli va Majnun“ asarini yozadi. (1160-1191).

Uning xatida shunday satrlar bor: „Oliymaqom shohning vaʼdasi shuki, biz oʻz soʻzimiz va amalimizga munosibmiz. Past nasabli turk — Sulton Mahmud va Qizil Arslonning senga munosabatini bilamiz. Shuning uchun sen bizga oliy tabaqali hukmdorga munosib asar yarat! Unda turkka munosib soʻzlar boʻlsin!“

Yuqoridagilarni izohlagan I.Yu. Krachkovskiy shunday yozadi: "Bu shohlarning nafaqat etnik oʻzini yuqori tutishi, balki, hukmdorning boshqa shohga boʻlgan munosabati, ambisiyasini ham ifodalaydi. Siyosiy ziddiyat va haqoratli soʻzlar shoirni ranjitadi. Keyingi shohning soʻzi sababli Nizomiy bu taklifga yorqin harorat va mas’uliyat bilan yondoshadi.

Tasavvur qilish qiyin, Shirvonshohga Nizomiyning javobi qanday boʻlishi mumkin. Bu quyidagicha jaranglaydi: „Sen hech boʻlmaganda davlat ishlarida sobit boʻl, chunki, senda insoniylik koʻrinmaydi. Senda dohiylik, bahodirlikka munosiblik, jangchi qahramonlik, donolik, buyuk qalblilik, adolatlilik, samimiylik koʻrinmaydi.“ Murojaati oxirida „Haqiqiy turkka oʻxsha! Agar boʻla olsang!“ degan soʻzlar bor.

Koʻrinib turibdiki, shoir taʼkidlaganidek, Axsitananing qobiliyatsizligini Nizomiydek jasorat bilan ayta oladigan birorta ham kishi yoʻq edi.

Ismi va taxallusi