Frederick Soddy () (1877-yil, 9-fevral, Istborn — 1956.22.9) — ingliz radiokimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1910-yildan). Oksford universitetini tugatgan (1898). 1900—02 yilda Monrealdagi MakGill universitetida Ernest Rezerford bilan, 1903—04 yillarda London universitetida U. Ramzay bilan ishlagan. Glazgo universitetida dars bergan (1904—14), Aberdin (1914— 19) va Oksford (1919—36) universitetlarida professor Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlik tadqiqotiga oid. E. Rezerford bilan hamkorlikda toriyX (radiy224) radioelementa ni kashf etdi (1902) va 2 ta emanatsiya (radon220 va radon222)ning kimyoviy inertligini isbot qildi, radioaktiv parchalanish nazariyasi asoslarini ishlab chiqdi (1902), "yarim yemirilish davri" tushunchasini fanga kiritdi. William Ramsay bilan hamkorlikda radiy va radon radioaktiv parchalanganda geliy hosil boʻlishini isbot qildi. O. Gan va L. Meytnerlarga bogʻliq boʻlmagan holda protaktiniyni kashf etdi. Nobel mukofoti laureati (1921). Uning sharafiga mineral (soddi) nomlanganNobel mukofoti sovrindorlariOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1877-yilda tugʻilganlar Turkum:2-sentabrda tugʻilganlar Turkum:1956-yilda vafot etganlar Turkum:22-sentabrda vafot etganlar Turkum:Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari