Termik analiz, termografiya — fizik kimyoning asosiy tadqiqot usullaridan biri; turli moddalar, togʻ jinslari va minerallarni qizdirish yoki sovitish jarayonida ularda roʻy beradigan fazaviy oʻzgarishlarni maxsus asboblar (derivatograf va boshqalar) yordamida yozib olishga asoslangan. Termik analiz natijalari termogramma da aks ettiriladi.Termik analiz aniq va qulay tadqiqot usullaridan hisoblanib, kimyo, geologiya, tuproqshunoslik, metallurgiya, agronomiya, oziq-ovqat, sement, chinni, keramika, toʻqimachilik, dorishunoslik va boshqa sohalarda qoʻllanadi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Termik analiz · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.