Fibrinogen (fibrin va ... gen) — qon plazmasining globulinlar guruhiga kiruvchi eriydigan oqsili. Trombin taʼsirida fibringa aylanib, qonni ivitadi (qarang Qon ivishi). Jigarning parenxematoz hujayralarida hosil boʻladi. Sogʻlom odam qon plazmasidagi fibrinogen miqdori 300–500 mg%. fibrinogen turli operatsiyalarda, gemofiliya va boshqa kasalliklarda qon oqishini toʻxtatish uchun ishlatiladi. Labaratoriya tadqiqotlarida fibrinogen preparatlaridan foydalaniladi. Odam qonidan olingan fibrinogen klinikada ishlatiladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Fibrinogen · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.