Qanqa (Xarashkat, Kanka, Qanqatepa) — miloddan avvalgi III — milodiy XIII asrlarga oid shahar xarobasi. Oʻzbekistonning Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani hududida joylashgan. Toshkent shahridan 70 km janubi-gʻarbda, Eltamgʻali posyolkasining janubi-sharqiy chegarasida, Qorasuv irmogʻining (Ohangaron daryosining eski oʻzani) chap qirgʻogʻida joylashgan. Eng yaqin aholi punkti — Qoʻriq qishlogʻi (sobiq „Leninizm“ kolxozi). Maʼlumotlar Qanqa arxeologik yodgorligi Toshkent vohasida joylashgan eng qadimiy shahar markazlaridan biridir. Qanqa qoʻrgʻoni Toshkent vohasining ilk poytaxti, antik davr va oʻrta asrlarda Movarounnahrning eng katta shahar markazlaridan biri boʻlgan. Shahar miloddan avvalgi III asrdan to milodiy XIII asrgacha mavjud boʻlganRassilka Akademii nauk Uzbekistana, dekabr, 2013 god.. Nomlanishi Tarixchilar orasida Qanqa nomi bahslidir. 1930-yil Mixail Masson Qanqa nomining Avestoda eslab oʻtilgan Kangxo („yuqori va muqaddas“) bilan bogʻliqligini taxmin qilgan. Lekin keyinchalik Qanqa nomi „Shohnoma“dan kelib chiqqan, degan xulosaga kelgan. Xalq orasida shahar nomining shoh Qanqa (yoki Anqa) bilan bogʻliqligi haqida afsonalar yurishi haqida maʼlumotlar berganMasson M. Ye. Zagadochnoe gorodiщe Kanka. Iz rezultatov rabot 29 otryada TPE. // SONAT, Tashkent, 1934, № 4. S. 115; Masson M. Ye. Axangeran. Arxeologo-topograficheskiy ocherk. Tashkent, 1953. S. 106-110].
Xalq orasida yuradigan boshqa versiyaga koʻra Qanqa toponimi „qon“ soʻzi bilan bogʻliq boʻlib, „qonli“, „qurbongoh“ maʼnolarini anglatadi[Bogomolova K. A. Sledi drevnego kulta vodi u tadjikov. // IOON Tadj. SSR. 1952, vip. 2. S. 59].
Keyingi davr tadqiqotchilari shaharning nomini Kangyuy davlatiga oidligini taʼkidlashadi. Qangʻ davlati tarkibida boʻlgan Shoshning birinchi poytaxti shu yerda boʻlgani taxmin qilinadi[Filanovich M. I. Tashkent. Zarojdenie i razvitie goroda i gorodskoy kulturi. T., 1983. S. 26; Shaniyazov Sh. K. Ob istoricheskoy toponimike Tashkenta. // ONU, № 7, 1983. S. 36-37].
Xitoy manbalarida Yuni va Xarashkat nomlari bilan tilga olinadi.
Ayrim arxeologlar Qanqani Skif Antioxiyasi shahri xarobasi deb hisoblashadi. Bu shaharga miloddan avvalgi III asrda Yaksart daryosining (hozirgi Sirdaryo) oʻng qirgʻogʻida yunon qoʻmondoni Demodam tomonidan asos solingan va shoh Antiox sharafiga nomlangan.
Oʻrta asrlarda shahar Xarashkat deb nomlanadi. Oʻrta asr tarixchisi Ibn Havqalning yozishicha, Xarashkat kattaligi boʻyicha Shosh hududidagi Binkatdan keyingi ikkinchi oʻrindagi shahar hisoblangan.
Yodgorlikka yetkazilgan zarar 2023-yilning sentyabr oyi boshida yodgorlik joylashgan yerni sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatib, soʻng tashrif buyurgan 20 nafar xalqaro mutaxassis Qanqa yodgorligining aholi tomonidan egallab olinib, unga jiddiy zarar yetkazilganiga guvoh boʻlishgan. Bungacha yodgorlikning Unesconing umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilishi kutilayotgan edi.
Manbalar
Adabiyot Masson M.Ye., Axengeran: Arxeologotopograficheskiy ocherk, T., 1953; Abdullayev K. A., Izistorii gorodisha Kanka (1969—1972), Istoriya materialnoy kulturn Uzbekistana, Vsh. 12, T., 1975; Buryakov Yu. F., Qosimov M. R., Rostovsev O. M., Toshkent oblastining arxeologik yodgorliklari, T., 1975.
Turkum:Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari Turkum:Oʻzbekiston tarixi Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Toshkent viloyati arxeologik obyektlari Turkum:Oʻzbekistondagi Butunjahon merosi roʻyxatiga nomzodlar